Mahsulotlarni sertifikatlashtirish
Mahsulot sertifikatlash organi “SPECIAL CERTIFICATE” MCHJ qurilish va kimyo mahsulotlarini sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan
Bog'lanish ma'lumotlari
Yuridik manzil:
O'zbekiston, 180100, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Katta bog' ko'chasi, 13B
Telefon:
+998 90 804-44-44Elektron pochta:
special.certificate@mail.ruVeb-sayt:
www.special-certificate.uzSertifikatlashtirish organi haqida
Quyidagi bo'limlarni bosib batafsil ma'lumot olishingiz mumkin
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari "PSP SO 03:2025 Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari. Menejment tizimi hujjati"da belgilangan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu hujjatda baholash tartib-taomillari, muvofiqlik sertifikatini berish, tasdiqlash, amal qilish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish, shuningdek sertifikatni to'xtatib turish, bekor qilish yoki sertifikatlashni rad etish bo'yicha talablar, qoidalar va tartiblar belgilab qo'yilgan.
SO barcha manfaatdor tomonlarga — buyurtmachi tashkilotning hajmidan, uning har qanday uyushma yoki guruhlarga a'zoligidan, shuningdek ilgari berilgan sertifikatlar sonidan qat'i nazar — sertifikatlashtirish organi xizmatlaridan teng foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Moliyaviy, tartibiy yoki boshqa talablar va shartlardagi farqlar istisno etiladi. Shu maqsadda SOda xizmatlar uchun to'lov belgilangan (fiksirlangan) tarif bo'yicha amalga oshiriladi.
Buyurtmachi so'rovi asosida SO mahsulotni sertifikatlash xizmatlari uchun to'lov bo'yicha asoslangan tushuntirishlar bilan birga kalkulyatsiyani taqdim etishga majburdir.
To'lov quyidagi xizmat turlariga nisbatan amalga oshiriladi:
SO buyurtmachilar bilan yuridik kuchga ega bo'lgan "Muvofiqlik sertifikatini qo'llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish to'g'risidagi shartnoma"ni tuzadi.
Mazkur "Muvofiqlik sertifikatini qo'llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish to'g'risidagi shartnoma" hujjatiga (RSM SO 01:F01) SO hamda buyurtmachining javobgarligi ("TOMONLARNING JAVOBGARLIGI" bandi) belgilab qo'yiladi.
SO arizalarni ko'rib chiqqandan va u bo'yicha qaror qabul qilgandan so'ng (ijobiy) "Muvofiqlik sertifikatini qo'llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish to'g'risidagi shartnoma" loyihasi buyurtmachiga yuboriladi.
Shikoyatlar va apellyatsiyalarni boshqarish "DP SM SO 04:2025 Hujjatlashtirilgan protsedura. Shikoyatlar va apellyatsiyalarni boshqarish"da tartibga solinadi.
SOda shikoyatlar va apellyatsiyalar quyidagi holatlarda kelib tushishi mumkin:
Shikoyatlar — masalan:
- • Sertifikatlash ishlari muddatlariga rioya qilinmasligi
- • Protseduralarga amal qilinmasligi
- • SO xodimlarining, shu jumladan jalb qilingan xodimlarning noto'g'ri xatti-harakatlari
- • Mahsulotning normativ hujjat talablariga muvofiqligi yoki muvofiqliksizligi
- • Muayyan standart yoki SOda belgilangan sertifikatlash tartibining qo'llanilishi va boshqa holatlar
Apellyatsiyalar
Ilgari kelib tushgan shikoyatlar bo'yicha mas'ul shaxslar tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan kelib chiqqan bahsli masalalar holatida ko'riladi.
Sertifikat olishni xohlaysizmi?
Biz bilan bog'laning — mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi